
O‘zbekistonda avtomobil bozori faollashib, sotilgan yengil avtomobillar jami hisobda 78,6 ming donaga yetdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Unga ko‘ra, eng katta o‘sish Surxondaryo (27%), Andijon (25%) va Namangan (24%) viloyatlarida qayd etildi.

Yangi avtomobillar bozori 18,5% ga kengayib, 21,7 ming dona avtomobil sotildi. Xorijiy avtomobillar savdosi esa 21% ga oshib, 4,9 ming donani tashkil etdi.
Elektromobillar bozori ham jadal o‘sib bormoqda. Yil boshida ushbu segmentda savdolar 24% ga ko‘payib, 5,5 ming donaga yetdi. Foydalanilgan elektromobillar savdosi yil davomida 3,1 barobar, yangi elektromobillar esa 1,3 barobar oshdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet yangi Silverado EV ZR2 poyga mashinasini taqdim etgan edi.