
Raqobat qo‘mitasi tomonidan OAVda reklama axborotlarining qonunchilik talablariga mosligini aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Tekshiruvlar natijasida «Tenge bank», «Agrobank», «Ipoteka-bank» va «Tasfinance» mikromoliya tashkilotiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Qo‘zg‘atilgan ishlar qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi Coca-cola va Pepsi’ni moliyaviy jarimaga tortgani haqida yozgandi.