Lifestyle

Shomurodovning goli «Roma»ga gʻalaba keltirdi

2:1 hisobida
Shomurodovning goli «Roma»ga gʻalaba keltirdi. Foto: Gazetta.it

«Roma» Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida «Atletik»ni qabul qilib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Ikkinchi boʻlimning 50-daqiqasida Uilyams aniq zarbasi bilan hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq «Roma» uzoq kuttirmadi va 56-daqiqada Anxelinyo muvozanatni tikladi.

Uchrashuvning 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov Rim jamoasiga gʻalaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. U oʻyinga qoʻshib berilgan 90+3 daqiqada gol kiritdi.

Shu tariqa «Roma» 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, keyingi bosqich sari ishonchli qadam tashladi. Maydonda 19 daqiqa harakat qilgan Shomurodov Sofascore tomonidan 7,3 ballga loyiq koʻrildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov gol urgan uchrashuvda «Roma» yirik hisobda gʻalaba qozongani haqida xabar bergan edi.