
Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi. Bu bo‘yicha prezident taklif berdi.
Yangi kengashning maqsadi — mamlakatda ayol tadbirkorlarning biznesdagi ishtirokini kengaytirish, ularga huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat.
Kengash joylardagi ayol tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun parlament oldiga bevosita masala qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, tadbirkor ayollarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoit yaratish bo‘yicha ham faoliyat olib boradi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi Top – 35 rahbar ayollar reytingi yangilagani haqida yozilgandi.