Tramp jamoasi ukrainalik muxolifatchilar bilan maxfiy muzokaralar olib bordi

eʼlon qilindi
Zelenskiyga qarshi
Foto: Newsweek

AQSh prezidenti Donald Trampning to‘rt nafar yuqori martabali ittifoqchisi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga muxolif bo‘lgan siyosatchilar, jumladan, Yuliya Timoshenko va Petro Poroshenko vakillari bilan maxfiy muzokaralar olib borgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda Ukrainada tezkor prezidentlik saylovlarini o‘tkazish masalasi muhokama qilingan. Tramp jamoasi Zelenskiy urush charchog‘i va korrupsiyaga oid tanqidlar tufayli saylovda yutqazishini taxmin qilmoqda. Biroq so‘nggi so‘rov natijalari Zelenskiyning hanuz yetakchilik qilayotganini ko‘rsatmoqda.

Foto: Pravda.com.ua

Rasmiy Vashington Trampning Ukraina ichki ishlariga aralashayotganini inkor etmoqda, biroq Trampning so‘zlari va harakatlari bunga zid. U Zelenskiyni «saylovlarsiz diktator» deb atab, agar u Rossiya bilan kelishmasa, «uzoq vaqt qolmasligi»ni ta’kidladi.

Bu vaziyat Kiyevda siyosiy taranglikni kuchaytirmoqda. Zelenskiyning muxoliflari AQSh bilan yaqinlashishga harakat qilayotgan bo‘lsa, uning o‘zi iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi. Tramp esa Ukraina bilan aloqalarini o‘zining tinchlik rejasiga mos shakllantirishga urinmoqda.

Foto: Financial Times

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Tramp bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni «achinarli» deb atagan edi.

Shuningdek