Surxondaryo va Jizzaxda ikkilamchi bozordagi yillik o‘sish 10 foizdan oshgan

eʼlon qilindi
ITIM xabar qildi
Ko'chmas mulk
Foto: h2o_lv / depopositphotos.com

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik tiklanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar qildi.

Yil boshidan buyon ko‘chmas mulk bozorida 25,5 mingta oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgan. 2024-yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkichlar 17,4 foizga o‘sgan.

Yanvar oyida ko‘chmas mulk bozori tahlili
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ijobiy o‘sish kuzatilgan hududlar qatorida Jizzax(44%), Navoiy(36%) va Toshkent shahri(18%) bor. Toshkent shahri umumiy bozor ulushining 28 foizini tashkil etib, poytaxtda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab barqaror bo‘lib qolmoqda.

Ikkilamchi bozor tahlili

Yanvar oyida ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar 0,3 foizga oshib, o‘tgan yilga nisbatan esa 4,6 foizga qimmatlashdi. Viloyatlar kesimida eng katta yillik o‘sishlar Surxondaryo(11,4%), Jizzax(10,4%) va Farg‘ona(8,4%) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkent shahrida esa ikkilamchi uy-joy narxlari yanvarda deyarli o‘zgarmadi. Shahar bo‘ylab eng katta pasayish Sergeli tumanida 1,8%, Yunusobod tumanida 1,7% va Mirzo Ulug‘bek tumanida 1,5 foizni tashkil etdi.

Umumiy olib qaraganda, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan kvadrat metr narxi Toshkentda 2,3 foizga arzonlagan.

Ijara bozori tahlili

Yanvarda Toshkent shahrida ijara bozorida faollik biroz pasaydi. Kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara narxi $8,1ni tashkil etdi. Eng qimmat tumanlar Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy(kvadrat metr uchun $10) bo‘ldi.

Biroq o‘tgan yilga nisbatan ijara narxlari 10,7 foizga kamaydi. Eng katta pasayish Chilonzor(17,4%), Olmazor(16,7%) va Yashnobod(14,3%) tumanlarida kuzatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikada ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek