«Manchester Siti» «Forest»ga yutqazdi

8-mart 2025 19:59 eʼlon qilindi

Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
«Manchester Siti» «Forest»ga yutqazdi
«Manchester Siti» «Forest»ga yutqazdi / Foto: X

«Nottingem Forest» Angliya Premer-ligasining (APL) 28-tur doirasida «Manchester Siti»ni o‘z maydonida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning yagona golini 83-daqiqada «Forest» hujumchisi Kallum Xadson-Odoi kiritdi.

«Man Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov o‘yinni maydonda o‘tkazdi. U bir necha xavfli vaziyatni bartaraf etdi va bir epizodda Xadson-Odoini jarima maydoni yaqinida quvib yetib, tomoshabinlar va muxlislarni ajoyib tezligi bilan hayratga soldi.

Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchining ushbu o‘yindagi harakatlarini 7,3 ballga baholadi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, «Forest» 51 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida mustahkam joylashdi. «Man Siti» esa undan to‘rt ochko ortda qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» fevral oyida Husonovni eng yaxshi futbolchi sifatida taqdirlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek