Britaniya sudi Appleʼning $1,1 milliardlik da’vosini rad etdi

eʼlon qilindi
Batterygate mojarosi bo‘yicha
Foto: DenysKuvaiev / www.depositphotos.com

Buyuk Britaniya apellyatsiya sudi Appleʼning Batterygate mojarosi boʻyicha $1,1 milliardlik da’voni rad etish talabini qondirmadi. Bu haqda Appleinsider nashri xabar berdi.

Batterygate – bu 2016-yilda Apple eski yoki eskirgan batareyaga ega iPhone qurilmalarining tezligini sun’iy pasaytirgani bilan bogʻliq mojarodir. Kompaniya keyinchalik buni tan olib, ayrim foydalanuvchilarga kompensatsiya toʻlagan.

Jastin Gutmann ismli iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi faol 2022-yilda Appleʼni 24 million britaniyalik foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan ularning qurilmalarini sekinlashtirganlikda ayblab sudga murojaat qilgan. Endi kompaniya katta miqdorda jarima toʻlashi mumkin.

Bundan tashqari, mart oyida Braziliya hukumat organlari Appleʼdan App Store cheklovlarini bekor qilishni talab etib, bunga 90 kun muddat belgiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Buyuk Britaniya hukumatini sudga bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek