Mask ukrainalik milliarderlarga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi
Mask ukrainalik milliarderlarga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi. Foto: Gagadget.com

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ukrainalik milliarderlarga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozdi.

«Ukrainaning 10 nafar eng yirik oligarxlariga, ayniqsa, Monakoda qasrlari boʻlganlarga qarshi sanksiyalar qoʻllang va bu darhol toʻxtatiladi. Mana jumboqning kaliti», – deb yozdi u.

Bir hafta oldin Mask Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻz lavozimidan voz kechishi kerakligini, shundan soʻng u mamlakatni tark etishi kerakligini aytgan edi. Oʻsha kuni Zelenskiy oʻzining X sahifasida muzokaralar va tinchlikka tayyorligini bildirib, rasmiy murojaat bilan chiqqan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mask Trampning harakatlari tufayli bir kunda 114 trillion soʻm yoʻqotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek