
Avstriyaning Lins shahrida boʻlib oʻtayotgan dzyudo boʻyicha Gran-pri turnirining ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari bitta kumush va bitta bronza medaliga sazovor boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Unga koʻra, 81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Murodjon Yoʻldoshev kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Mardon Ravshanov bronza medaliga sazovor boʻldi.
Avvalroq «Kursiv» Chusovitina 49 yoshida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichida gʻolib boʻlgani haqida xabar bergan edi.