Oʻzbekiston va Belarus yuk tashuvchilari uchun ruxsatnomalar bekor qilinishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi
Oʻzbekiston va Belarus yuk tashuvchilari uchun ruxsatnomalar bekor qilinishi mumkin. Foto: pumba1/Depositphotos

Oʻzbekiston va Belarus xalqaro yuk tashuvchilari uchun ruxsatnomalarni bekor qilish masalasi muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Oʻzbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus transport va kommunikatsiyalar vaziri Aleksey Lyaxnovich bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi transport hamkorligini kengaytirish va yuk tashish jarayonlarini soddalashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Lyaxnovichning ta’kidlashicha, ruxsatnomalar bekor qilinishi ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi. Belarus tomoni, shuningdek, mart-aprel oylarida Minskda xalqaro avtomobil transporti boʻyicha qoʻshma komissiya yigʻilishini oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda xalqaro transport yoʻlaklari tashkil etish, Termiz shahridagi transport-logistika xabidan foydalanish hamda Belarusning jamoat transporti va infratuzilma tajribasini Oʻzbekistonda tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondan eksport yuk tashishlarga talab 48 foizga oʻsgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek