O‘zbekistonda ayrim kompaniyalar elektron to‘lov tizimlariga majburiy ulanadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Strategik islohotlar agentligi ma’lum qildi
O‘zbekistonda ayrim kompaniyalar elektron to‘lov tizimlariga majburiy ulanadi. Foto: kingqjl / Depositphotos

O‘zbekistonda ayrim tashkilotlar 2025-yil 1-iyuldan boshlab elektron to‘lov tizimlariga majburiy tartibda ulanadi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotlari sotuvchilari hamda ijaraga mulk beruvchi kompaniyalar elektron to‘lov tizimlari orqali hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratishi shart bo‘ladi.

Agar ushbu tizimdan foydalanish rad etilsa, soliq qonunchiligiga muvofiq javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 2025 – 2030-yillarga mo‘ljallangan elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Maqsad – onlayn to‘lovlar ulushini 60 foizga yetkazish.

Mazkur qaror mamlakat to‘lov infratuzilmasini modernizatsiya qilish, moliyaviy operatsiyalar shaffofligini oshirish va aholiga qulay sharoit yaratish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ijtimoiy karta qay tartibda ishlaydi va kimlar uchun berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek