Sloveniya banki Oʻzbekiston moliya tashkilotlari uchun maxsus kredit liniyalari ochishi mumkin

Oʻzbekiston diplomatlari Sloveniyaning «SID Bank» taraqqiyot va eksport banki boshqaruv raisi hamda bosh direktori Borut Yamnik bilan muzokara oʻtkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston – Sloveniya savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz banklari va moliya tashkilotlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri sheriklikni chuqurlashtirishning muhimligi qayd etildi.
Borut Yamnikning ta’kidlashicha, «SID Bank» Sloveniyadagi hamkorlari orqali Oʻzbekistonda farmatsevtika, aloqa va axborot kommunikatsiyalar sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda.
Uchrashuv natijasida «SID Bank» taraqqiyot va eksport banki tomonidan Oʻzbekiston banklari uchun maxsus kredit liniyalarini ochish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston banklarida NLP hajmi bir oyda 2,6 trln soʻmga oshgani haqida xabar bergan edi.