Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash markazini ochishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi
Foto: ryzhov / depositphotos.com

Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu tashabbus Xitoyning JC Finance Interconnect Holdings kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan. Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi koʻmagida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi va kompaniya rahbari U Tinyi ishtirokida onlayn muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Tomonlar «yashil» energetika, qishloq xoʻjaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va turizm sohalari boʻyicha xalqaro standartlarga mos malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalasini muhokama qilishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston talabalariga Xitoyning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida grant ajratish va nomzodlarni tanlash mexanizmlari ham koʻrib chiqildi. Muzokaralar yakunida kompaniya vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning Tyanszin shahri kuzda ShHT sammitiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek