Xitoyning Tyanszin shahri kuzda ShHT sammitiga mezbonlik qiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I matbuot anjumanida ma’lum qildi
                    
                            
Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) navbatdagi sammiti kuzda Xitoyning Tyanszin shahrida oʻtkaziladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, sammitda tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va kelajak rejalarini belgilash masalalarini muhokama qiladi.
«Bu yil Xitoy ShHT sammitiga raislik qilmoqda. ShHT Xitoyda tashkil topgan va Xitoyning Shanxay shahri nomi bilan atalgan. Shuning uchun u biz uchun alohida ramziy ma’noga ega. Shanxay hamkorlik tashkilotining oʻz vataniga qaytganidan juda mamnunmiz», – dedi vazir.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston vakili ShHT bosh kotibining oʻrinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.