Yangiliklar

Eron, Xitoy va Rossiya qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini boshladi

Chobahor porti yaqinida
Foto: Iranian Army/WANA/Reuters/File

Eron, Xitoy va Rossiya harbiy kemalari Ummon ko‘rfazida yillik qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda CNN axborot agnetligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Xavfsizlik kamari – 2025» deb nomlangan mazkur mashg‘ulotlar Chobahor porti yaqinida o‘tmoqda va AQSh ta’siriga qarshi strategik hamkorlik belgisi sifatida ko‘rilmoqda.

Rossiya 15 ta jangovar va yordamchi kema, Xitoy Type 052D raketa esminetsi, Eron esa stealth-raketa korveti va patrul kemasini jalb qilgan. Mashg‘ulotlar harbiy ishonchni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, dengiz nishonlariga hujum simulyatsiyalari va qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar uchun toʻlanadigan kompensatsiyalar miqdori oshirilgan edi.