
Microsoft MAI nomli yangi sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda TechCrunch nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu modellar joriy yilda API orqali ommaga taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, Microsoft OpenAI’ning o1 va o3-mini modellariga muqobil bo‘ladigan o‘z tizimlarini yaratdi. OpenAI Microsoft’ga o‘z modellarining ishlash tamoyillari haqida texnik hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgani sababli kompaniyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar kuchaygan.
Microsoft OpenAI texnologiyalariga muqobil sifatida xAI, Meta, Anthropic va DeepSeek kabi boshqa ishlab chiquvchilarning sun’iy intellekt modellarini ham sinovdan o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, kompaniya DeepMind va Inflection hammuassisi Mustafo Sulaymonni sun’iy intellekt bo‘limiga rahbar qilib tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alibaba ham QwQ-32B nomli yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etgan edi.