Moda va uslub

Valentino jamoat hojatxonasida modalar namoyishini o‘tkazdimi

Parij moda haftaligi doirasida
Foto: Daniele Venturelli/Getty Images

Parij moda haftaligida Valentino modalar uyi kuz-qish 2025 kolleksiyasini noodatiy tarzda taqdim etdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Foto: Daniele Venturelli/Getty Images

Unga ko‘ra, dizayner Alessandro Michele shou maydonini ommaviy hojatxona ko‘rinishida bezatdi – mehmonlar hojatxona kabinalariga qaragan holda joylashtirildi. Modellar esa ularning ichidan chiqib keldi.

Foto: Daniele Venturelli/Getty Images

Michele bu g‘oyani «ichki va tashqi chegaralarni yo‘q qiluvchi makon» deb atadi. Bu Valentino’ning an’anaviy nafislikdan yiroq uslub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prada Versace’ni sotib olishi mumkinligi haqida yozgan edik.