Yangiliklar

2024-yilda faqat 7 davlat JSST havo sifati me’yoriga javob bera oldi

17% shahargina zararli "PM2.5" darajasini me’yorda ushlab tura olgan
Foto: RPS Group

O‘tgan yili dunyodagi faqat yetti davlat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) belgilagan havo sifati standartlariga javob berdi. Bu haqda IQAir ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, eng yomon ko‘rsatkichlar Chad, Bangladesh, Pokiston, Kongo va Hindistonda kuzatilgan.

AQSh o‘zining global havo monitoring dasturini to‘xtatgani sababli kelajakda ifloslanish darajasini kuzatish yanada murakkablashishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi tufayli o‘rmon yong‘inlari kuchayib, havo ifloslanishini yanada oshirmoqda.

JSST tavsiyalariga mos kelgan davlatlar orasida Avstraliya, Yangi Zelandiya, Estoniya va Karib dengizi davlatlari bor. Ammo umumiy hisobda faqat 17% shaharlar havodagi zararli «PM2.5» darajasini belgilangan me’yorda ushlab tura olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq toshkentliklar havo ifloslanishidan ogohlantirilgan edi.