Acer smartfon bozoriga qaytishni rejalashtirmoqda

11-mart 2025 12:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Acer smartfon bozoriga qaytadi/ Foto: Depositphotos.com

Tayvanning Acer kompaniyasi smartfonlar bozoriga yangi qurilmalar bilan qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GSM Arena nashri xabar berdi.

Acer brendi asosan kompyuter va noutbuklar ishlab chiqargan. GSM Arena mualliflari esa kompaniya mart oyi oxirida ikkita yangi telefon chiqarishini tasdiqladi.

Ikkala model ham budjet toifasiga mansub boʻlib, 4–6 yil oldin chiqarilgan MediaTek protsessorlari bilan jihozlanadi.

Birinchi qurilma 6,5 dyuymli IPS ekranga, 4 Gb operativ va 64 Gb ichki xotiraga hamda 16 megapikselli kameraga ega. Shuningdek, u 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va FM radioga ega bo‘ladi.

Ikkinchi model esa 6,74 dyuymli IPS displey, 4 Gb operativ va 64 Gb ichki xotira, 20 megapikselli kamera hamda 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanadi. Qurilma Android 14 operatsion tizimida ishlaydi.

Qurilmalar 25-mart kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Xorijiy insayderlarning ta’kidlashicha, modellar kompaniya tomonidan to‘liq ishlab chiqarilmagan bo‘lishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Kusriv Uzbekistan nashri Realme GT7 Pro smartfonining afzalliklari haqida yozgan edi.

Shuningdek