Banklar va moliya

«AVO bank»ning litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi

Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma'lum qildi
AVO bank
«AVO bank»ning litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi / Foto: AVO bank

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan «AVO bank» aksiyadorlik jamiyatining joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganligi munosabati bilan unga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2023-yilgacha «Oʻzagroeksportbank» nomi ostida faoliyat yuritgan. 2023-yil «Oʻzagroeksportbank» aksiyadorlari yigʻilishida bank nomini AVO bank nomiga oʻzgartirish uchun ovoz berilgan edi.

AVO bank birinchi innovatsion mahsuloti – AVO platinum kredit kartasini taqdim etgan edi. AVO bank Boshqaruv raisi va chakana biznes boʻlimi direktori Igor Kim bu kartada qulaylik, xavfsizlik va zamonaviy texnologiyalar mukammal uygʻunlashganligi, AVO platinum virtual kartasini olish juda oson ekanligi haqida Kursiv Uzbekistan’ga aytib o’tgan edi.