Yangiliklar

Avtokara haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

Oylik 950 yevrodan boshlanadi
Avtokara haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda/ Foto: Quixoticsnd/ Depositphotos.com

Rus tilini biladigan «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega fuqarolar Slovakiya avtomobil zavodiga kara haydovchiligi boʻyicha ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi maʼlum qildi.

Nomzodlarga Oʻzbekiston va Shengen hududida sudlanmagan, rus tilidan ogʻzaki va yozma bilimga ega, avtokara haydash boʻyicha olti oylik tajribasiga ega boʻlishi va ikki bosqichli imtihonlardan oʻtish talablari qoʻyiladi. Ushbu vakansiya boʻyicha 150 ta boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlib yosh chegarasi 18-45 etib belgilangan. Xodimlar uchun 950 yevro maosh, 5 kunlik ish rejimi, tibbiy sugʻurta kafolatlanadi.

Ishchi viza, oʻquv kurslari va transport xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekiston nashri Oʻzbekiston haydovchilari Rossiyada ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.