Buxoroga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
eʼlon qilindi
20-25-31-mart va 1-aprel kunlari

Navro‘z va Ramazon hayiti bayramlari munosabati bilan Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qo‘shimcha qatnovlar jadvali quyidagicha:
– 778-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent(jo‘nash) – 06:03, Buxoro(yetib borish) – 10:14;
– 777-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi: Buxoro(jo‘nash) – 17:55, Toshkent(yetib borish) – 22:08.
Ushbu qo’shimcha qatnovlar 20-25-31-mart va 1-aprelda amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishi haqida yozgandi.