Dunyoning eng yirik boylari milliardlab dollar yoʻqotmoqda

eʼlon qilindi
Ilon Mask bir kunda $29 mlrd yoʻqotgan
Mask
Dunyoning eng yirik boylari milliardlab dollar yoʻqotmoqda/ Foto: Ted Talks

Dunyoning eng boy odami Ilon Maskning boyligi yil boshidan buyon $132 mlrdga kamaydi. Bu haqda Bloomberg’ning Billioners Index roʻyxatida maʼlum qilindi.

Maskning boyligi 2024-yil dekabrida $486 mlrdga yetgan. Milliarder birgina dushanba kuni $29 mlrd yoʻqotdi. Bu Tesla aksiyalarining pasayishi, investorlarning xavotirlari va asosiy bozorlardagi sotuvning pasayishi bilan bogʻliq.

Shuningdek, Jeff Bezos, Mark SukerbergBernard Arno va boshqa milliarderlar Donald Tramp AQSh prezidenti boʻlganidan keyin jami $209 mlrd yoʻqotdi. Bunga fond bozoridagi pasayish va AQSh hukumati siyosatidagi noaniqlik sabab boʻlmoqda.

Amazon rahbari Jeff Bezosning sof boyligi kechagi kunning oʻzida $4,21 mlrdga kamaydi, Tramp inauguratsiyasidan keyin esa kompaniya aksiyalari 14 foizdan koʻproqqa tushdi.

Bu bilan birga, Mark Sukerberg $9,5 mlrd, Bernard Arno $1,4 mlrd, Larri Ellison $7,3 mlrd yoʻqotdi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Mask Trampning harakatlari tufayli bir kunda 114 trillion soʻm yoʻqotgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek