Lifestyle

Ijobiy natijaga erishishni istasak, vaziyatlardan foydalanishimiz kerak — Pedru Moreyra

Jamoalarning ilk uchrashuvida «Sherlar» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi
Pedru Moreyra
Ijobiy natijaga erishishni istasak, vaziyatlardan foydalanishimiz kerak – Pedru Moreyra / Foto: «Paxrakor» FC

Bugun «Paxtakor» Elit Chempionlar Ligasi doirasida «Al Hilol» mehmoni bo‘ladi. Jamoalar o‘rtasidagi bahs 11-martdan 12-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da Ar-Riyoddagi «Kingdom Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yindan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Pedru Moreyra o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

«Hilol» juda yaxshi futbol namoyish qiladigan va tajribali murabbiy qo‘l ostidagi ajoyib jamoa. Bu mutaxassis musobaqada eng katta tajribaga ega. Biz o‘z o‘yinimizni yaxshilashga urinmoqdamiz. Ijobiy natijaga erishishni istasak, vaziyatlardan foydalanishimiz va raqibga kamroq imkoniyat berishga urinishimiz lozim. Biz bir oilaga aylanib, Chempionlar Ligasida olg‘a qadam bosishga urinyapmiz.

Shuningdek, «Paxtakor» futbolchisi Jonatan Lukka ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Ertangi bellashuv Toshkentdagidan keskin farq qiladi deb o‘ylayman. Raqib o‘yin boshidan shiddatli harakat qilishini kutyapmiz. Ularning tarkibida juda mahoratli futbolchilar bor. Biz uyushqoqlik bilan kamroq xatolarga yo‘l qo‘yishga intilishimiz lozim. Jamoa bilan o‘yinga yaxshi tayyorlandik va buni ko‘rsata olishga umid qilamiz.»

Jamoalarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinida «Sherlar» minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» Elit chempionlar ligasi doirasida qancha mablagʻ ishlab topgani haqida xabar bergan edi.