Avto

KamAZ K5 liniyasining navbatdagi modelini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi

KamAz
KamAZ eng yangi yuk mashinasini ishlab chiqarishni boshladi. Foto: KamAz

Rossiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi KamAZ o‘zining yangi avlod yuk mashinasini ishlab chiqarishga kirishdi.

Kompaniyaning matbuot xabariga ko‘ra, KAMAZ K5 liniyasiga mansub ilk to‘liq uzatmali yuk mashinasi — KAMAZ-65954 zavod konveyeridan chiqdi.

Mazkur 6×6 g‘ildirak formulali yuk mashinasi 100 tonnagacha bo‘lgan yo‘l poyezdlarini tortish imkoniyatiga ega. U 560 ot kuchiga ega dvigatel, mexanik uzatmalar qutisi va kengligi 2300 mm bo‘lgan kabina bilan jihozlangan. Yuk mashinasi bort kompyuter ekrani orqali boshqariladigan avtomatik shinalarni shishiruvchi tizimga ham ega.

Transport vositasining asosiy xususiyatlari qatoriga yuqori klirens, bardoshli metall old bamper va barcha uchta o‘qning boshqarilishi kiradi. Bundan tashqari, u burchakli markaziy vites va sayyora g‘ildirakli uzatmalar qutilari bilan jihozlangan bo‘lib, murakkab yo‘l sharoitlarida ham samarali harakatlana oladi.

KamAZ joriy yilda ushbu modelning 40 dona nusxasini ishlab chiqarishni rejalashtirgan bo‘lib, ulardan 10 tasi mart–aprel oylarida tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada foydalanilgan avtomobil bozori pasayib borayotgani haqida xabar bergan edi.