NASA shtatni qisqartirishni boshladi

eʼlon qilindi
Tramp ma’muriyatining federal shtatni kamaytirish bo‘yicha farmoniga muvofiq
Foto: NASA / Joel Kowsky

NASA keng ko‘lamli qayta tashkil etish doirasida uchta muhim boshqarmani yopib, 23 xodimni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Space news nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar Donald Tramp ma’muriyatining federal shtatni kamaytirish bo‘yicha farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Tugatilgan boshqarmalar orasida Texnologiyalar, siyosat va strategiya boshqarmasi, Bosh ilmiy xodim boshqarmasi hamda Turli xillik, tenglik va inklyuziya bo‘limi (DEIA) bor. NASA vakillari bu qaror agentlik samaradorligini oshirishga qaratilganini ta’kidlamoqda, biroq ekspertlar ilmiy va strategik faoliyatning sekinlashishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

To‘liq qisqartirish rejasi OPM bilan kelishilgach, keyinchalik e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA’ning bo‘lajak rahbari Marsga parvozlar haqida gapirgan edi.

Shuningdek