
«Navoiy azot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi roʻy bergan yongʻin tufayli bir kishi halok boʻldi va 11 nafar fuqaro tan jarohati oldi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan yongʻin soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom oʻchirilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Navoiyazot»da portlash va yongʻin sodir boʻlgani haqida yozgan edi.