O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga rasman qo‘shildi

eʼlon qilindi
Bu orqali ekologik ahamiyatli qarorlar muhokamasida fuqarolar ishtiroki kengaytiriladi
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Orxus konvensiyasiga rasman qo‘shildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 11-mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun atrof-muhitga oid axborotga ochiq kirish, jamoatchilikning qaror qabul qilish jarayonida ishtiroki va odil sudlovga erishishini ta’minlaydi.

Konvensiya davlat organlaridan ekologik holat haqida ishonchli ma’lumot berish, atrof-muhitga ta’sir qiluvchi qarorlarni muhokama qilishda fuqarolar ishtirokini kengaytirish va sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi.

Mazkur kelishuv O‘zbekistonning ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi xalqaro majburiyatlarini mustahkamlab, global hamkorlikda faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki va O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasiga qarshi kurashishi haqida yozgan edik.

Shuningdek