Yangiliklar

O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi pasayadi

8,17 so'mga tushadi
engin akyurt on Unsplash
Foto: engin akyurt / Unsplash

12-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 8,17 so‘mga tushib, 12 931,94 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 880 – 12 930 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 945 – 13 000 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 51,90 so‘mga oshib, 14 107,45 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 4,56 so‘mga oshib, 150,18 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.