Yangiliklar

Pokistonda Baluj jangarilari yuzlab yoʻlovchilarni olib ketayotgan poyezdga hujum qildi

Jangarilar yoʻlovchilarni garovga olgan
Pokistondagi jangarilar
Pokistonda Baluj jangarilari yuzlab yoʻlovchilarni olib ketayotgan poyezdga hujum qildi/ Foto: Unsplash

Balujiston ozodlik armiyasi jangarilari Pokiston janubi-gʻarbida yoʻlovchi poyezdini oʻqqa tutdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Poyezdda 400 ga yaqin yoʻlovchi boʻlgan. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, jangarilar ularni garovga olgan va Pokiston xavfsizlik kuchlari chekinmasa, oʻldirish bilan tahdid qilgan.

Shuningdek, poyezd togʻlar bilan oʻralgan tunnel oldida toʻgʻridan toʻgʻri toʻxtatilgan. Voqea joyida portlash sodir boʻlgani haqida maʼlumot bor.

Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi hujumni qoralagan. Jangarilar poyezd yoʻlovchilarini garovga olgani haqidagi xabarlarni hozircha rasman tasdiqlaganicha yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Malidagi terrorchilar hujumi 77 kishining hayotiga zomin boʻlgani haqida yozgan edi.