Qashqadaryoda yonilgʻi qoʻyish shoxobchasida yongʻin yuz berdi
eʼlon qilindi
Ikki kishi jarohatlandi

10-mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida joylashgan yonilgʻi quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi. FVV maʼlumotlariga koʻra, «Doʻstlik» mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi shoxobcha hovlisida 9 tonnali ikki sigʻim yonib ketgan.
Voqea joyiga qutqaruv xizmatining toʻrtta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi yetib borgan va soat 22:33 ga kelib yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida ikki fuqaro kuyish tan jarohati olgan, biroq ularning ahvoli hozirda yaxshi.
Rasmiylar yongʻinning sabablarini va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashtirmoqda.