
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid noqonuniy ravishda buzib tashlangan, yana bir meʼmoriy yodgorlik ruxsatsiz restavratsiya qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Qo‘shoq ota» masjidi buzilishi natijasida 19,6 milliard so‘m zarar yetkazildi. Shuningdek, Urgut viloyatidagi «Ahmad Yassaviy» va «Hoji O‘rinboy» masjidlari buzib tashlanib, 17 milliard so‘mlik zarar keltirildi.
Bundan tashqari, Samarqand viloyatidagi Kulba yodgorligi noqonuniy restavratsiya oqibatida 10,2 milliard so‘m zarar ko‘rgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Navoiyazot»da yuz bergan yongʻin oqibatida bir kishi halok boʻlgani haqida yozgan edi.