“Tashabbusli budjet”da ovoz berish boshlandi

eʼlon qilindi
20-mart soat 23:59 ga qadar
Foto: Asfalt-master.uz

«Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqarolar o‘z hududlarini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash uchun loyihalarga ovoz berishlari mumkin. Jarayon 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi. Ovoz berish «Ochiq budjet» portali, mobil ilova yoki Telegram bot orqali amalga oshirilishi mumkin. Faol ishtirok eting va o‘z hududingizning rivojlanishiga hissa qo‘shing.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tashabbusli budjet» loyihasining 2025-yilgi mavsumlari qachon start olishi haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek