Tesla aksiyalari pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Aksiyalar 15 foizga pastlagan
Foto: Schiavello.com

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskga tegishli Tesla kompaniyasi aksiyalari shu haftaning dushanba kuni 15 foizdan ortiqqa pastladi. Bu haqda Yahoo Finance portali xabar berdi.

Kompaniya aksiyalarining qiymati 2024-yil noyabr oyidagi darajaga qaytdi. O‘sha paytda AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan va ularning natijasida Donald Tramp hokimiyatga kelgandi. Ilon Mask Trampning siyosiy ambitsiyalarini ochiq qo‘llab-quvvatlagan.

Tramp g‘alabasidan so‘ng Tesla aksiyalari o‘sishni boshlagan, natijada 2024-yil dekabr oyida ular 50 foiz qimmatroq bo‘lgan ($479 ga yetgan). Hozir esa aksiyalar bor-yo‘g‘i $222 atrofida baholanmoqda.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Tesla aksiyalarining arzonlashishiga bir necha omillar ta’sir qilgan. Birinchidan, Model 3 va Model Y avtomobillariga talab pasayishi tufayli kompaniyaning yetkazib berish bo‘yicha prognozlari sustlashgan. Ikkinchidan, Maskning so‘nggi chiqishlari va harakatlari jamoatchilik tomonidan bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. U Tramp g‘alabasidan so‘ng siyosiy ta’sir doirasini kengaytirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mask Trampning harakatlari tufayli bir kunda 114 trln so‘m yo‘qotgani haqida yozgandi.

Shuningdek