Toshkent – Parij yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

eʼlon qilindi
13-mart kuni
Foto: Pexels.com

Uzbekistan Airways 13-mart kuni Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha HY8251/8252 reysini amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Toshkentdan parvoz 09:25 da (Toshkent vaqti), Parijga yetib borish 13:30 da (Parij vaqti). Parijdan qaytish 15:00 da (Parij vaqti) bo‘lib, Toshkentga 02:00 da (ertasi kuni, Toshkent vaqti) yetib keladi.

Aviabiletlar sotuvda. Xarid qilish uchun booking.uzairways.com sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filiallari yoki rasmiy agentlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahrisabz aeroporti 25-martgacha vaqtincha yopilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek