
Bugun, 11-mart kuni ertalab Moskvada «Kover» dron hujumini qaytarish rejasi taqdim etildi. Natijada Toshkentdan uchgan HY-611 reysi va Urganchdan uchgan HY-9615 reys belgilangan manzilga qo‘na olmadi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo nebo» Telegram kanali xabar berdi.
Samolyot ekipajlari xavfsizlik sababli Moskvadagi Vnukovo aeroportiga qo‘nishdan voz kechib, Sankt-Peterburgga yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shahrisabz aeroporti 25-martgacha vaqtincha yopilishi haqida xabar bergandi.