Xitoy rahbari iyun oyida AQShga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
Tashrif rasmiy Vashington bojlari oshishi fonida amalga oshirilmoqda
Xitoy rahbari iyun oyida AQShga tashrif buyurishi mumkin
Xitoy rahbari iyun oyida AQShga tashrif buyuradi/ Foto: Brian Snyder/Reuters

Xitoy rahbari Si Szinpin joriy yilning iyun oyida AQShga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal(WSJ) manbalarga tayanib xabar berdi.

WSJ maʼlumotlariga koʻra, Xitoy rahbarining ehtimoliy tashrifi boʻyicha muzokaralar dastlabki bosqichda va Vashington tomonidan tariflar bosimi ortishi fonida olib borilmoqda.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp aprel-may oylarida Xitoyga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani xabar qilingan. Pekin esa ikki davlat oʻrtasidagi muzokaralarning tarafdori ekanini ham qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida AQSH va Xitoy rahbarlari telefon orqali muloqot qilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 20-martdan boshlab Xitoy Kanadaning bir qator tovarlariga qoʻshimcha bojlar joriy qilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek