Yevrokomissar Yozef Sikela O‘zbekistonga keladi

eʼlon qilindi
12 – 18-mart kunlari
Yozef Sikela O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Foto: Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi

Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela 12 – 18-mart kunlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyuradi. Ushbu safar shu yilning aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «YI-Markaziy Osiyo» sammiti oldidan tashkil etilmoqda.

Tashrif davomida Yozef Sikela Yevropa moliyaviy institutlari va biznes vakillari bilan birga O‘zbekistonga keladi. U yerda hukumat vakillari, tadbirkorlar hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Sikela mintaqaviy raqamli o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha loyihalarni imzolash marosimida ishtirok etadi.

Tashrifdan maqsad mintaqada Global Gateway investitsiya dasturini kengaytirish bo‘lib, bu loyiha ishsizlikni kamaytirish va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Sikela Global Gateway dasturi orqali Transkaspiy transport yo‘lagi, raqamli bog‘liqlik va suv resurslarini rivojlantirishga e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston va Qozogʻiston kompaniyalariga yangi sanksiyalar joriy qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek