
12-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo ochiq bo‘lib, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi 4-9, kunduzi esa 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryoda harorat kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Surxondaryoda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat 7-12 daraja iliq, kunduzi esa 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo ochiq bo‘lib, kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor, shuningdek, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turibdi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.