Savdo urushi: Tramp Kanadadan kelayotgan poʻlat va alyuminiyga bojlarni ikki baravar oshirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadadan kelayotgan poʻlat va alyuminiyga bojlarni ikki baravar oshirdi. Endi uning miqdori 50 foizni tashkil qiladi. Bu Ontario provinsiyasi hukumati AQShning shimoliy shtatlariga elektr energiyasi yetkazib berish narxlarini oshirganiga javob boʻldi.
Tramp ma’muriyati Ottavaning tarif siyosatini «sharmandali» va «haqoratli» deb atadi. Respublikachi Kanada avtomobillari uchun tariflarni ham oshirish bilan tahdid qilgan.
Kanadaning boʻlajak Bosh vaziri Mark Karni ham AQSh tariflari haqida gapirdi.
«Prezident Trampning soʻnggi tariflari kanadalik ishchilar, oilalar va korxonalarga hujumdir. Ma’muriyat jabrlangan ishchilarni qoʻllab-quvvatlaydi. Hukumatimiz amerikaliklar bizga hurmat koʻrsatmaguncha va erkin va adolatli savdo boʻyicha ishonchli majburiyatlarni olmaguncha tariflarimizni saqlab qoladi», – deb yozdi Karni X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Xususan, 4-martdan boshlab Kanada mahsulotlariga AQSh bojlari kuchga kirdi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp Kanada va Meksikaga 25 foiz boj joriy qilgani haqida yozgan edi.