AQSh noqonuniy migrantlar uchun o‘z-o‘zini deportatsiya qilish ilovasini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Ilova nomi CBP Home
o'z-o'zini deportatsiya, AQSh, ilova
AQSh noqonuniy migrantlar uchun «o‘z-o‘zini deportatsiya» ilovasini ishga tushirdi / Foto: vverve/Depositphotos

AQSh mamlakatda noqonuniy yashayotgan migrantlarga hududni o‘z ixtiyori bilan tark etish imkoniyatini beruvchi yangi mobil ilovani taqdim etdi. Bu haqda RBC nashri xabar berdi.

CBP Home deb nomlangan ushbu ilovada foydalanuvchilar «chiqib ketish niyati» haqida xabar berish funksiyasidan foydalanishi mumkin.

«CBP Home ilovasi chet elliklarga AQShdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketish va kelajakda qayta kelish imkoniyatini beradi. Agar ular bu imkoniyatdan foydalanmasa, biz ularni topamiz, deportatsiya qilamiz va ular boshqa hech qachon qayta kira olmaydi», – dedi Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Reuters nashriga bergan intervyusida.

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi paytidayoq noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilishni va’da qilgandi. Biroq uning ikkinchi prezidentlik muddati boshida Jo Bayden prezidentligining so‘nggi yilidagi ko‘rsatkichlarga yetish qiyin bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Yangi ma’muriyat noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish uchun Ichki xavfsizlik xizmati faoliyatini kengaytirdi hamda migratsiya nazoratiga oid yangi mexanizmlarni joriy qildi. Xususan, jinoiy tarixi bo‘lmagan migrantlarni hibsga olish tartibi soddalashtirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Kanadadan kelayotgan poʻlat va alyuminiyga bojlarni ikki baravar oshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek