Arktikada harorat odatdagidan 20°C ga yuqorilab ketdi

eʼlon qilindi
Fevral oyida
Foto: Sean Gallup/Getty Images

So‘nggi yillarda Arktikada harorat rekord darajada oshib, dengiz muzlari kamaymoqda. Fevral oyida Arktikada harorat odatdagidan 20°C yuqori bo‘lib, muz qoplami tarixiy minimumga yetdi, deya yozmoqda CNN.

Foto: Zachary Labe

Olimlarning fikricha, Arktika yoz oylarida butunlay muzsiz qolishi 2050-yilgacha amalga oshishi mumkin. Muzlarning yo‘qolishi sayyoradagi issiqlik muvozanatini buzib, dengiz sathi ko‘tarilishiga va ekstremal ob-havo hodisalariga olib keladi.

Foto: NASA

Bundan tashqari, doimiy muz qatlamining erishi natijasida katta miqdorda issiqlik chiqaruvchi gazlar atmosferaga tarqalmoqda. Yong‘inlarning ko‘payishi va tundraning o‘zgarishi bu hududning ekotizimini izdan chiqarmoqda.

Mutaxassislar insoniyat uglerod chiqindilarini kamaytirsa ham ba’zi o‘zgarishlar ortga qaytmasligini ta’kidlamoqda. Arktikadagi jarayonlar butun dunyoga ta’sir qilishi sababli global miqyosda qat’iy choralar ko‘rish zarur.

Shuningdek