Dollarning rasmiy kursi yana pasayadi

eʼlon qilindi
11,94 so‘mga pasayadi
dollar, yevro, rubl
Dollarning rasmiy kursi yana pasayadi / Foto: Nathan Dumlao / Unsplash

13-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 11,94 so‘mga tushib, 12 920,00 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 870 – 12 930 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 935 – 12 995 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 5,27 so‘mga tushib, 14 102,18 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,66 so‘mga pastlab, 149,52 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.

Shuningdek