Gadjetlar

Google Pixel 10 Pro XL smartfonining ko‘rinishi qanday – foto

Qurilma joriy yil avgust oyida taqdim qilinadi
Google Pixel 10 xl
Google Pixel 10 Pro XL smartfonining ko‘rinishi qanday / Foto: Depositphotos.com

Google Pixel 10 Pro XL’ning yuqori sifatli renderlarini e’lon qildi. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, ushbu qurilma joriy yilning avgust oyida debyut qiladi. Bu haqda Android Headlines nashri xabar berdi.

Pixel 10 Pro XL
Google Pixel 10 Pro XL smartfonining ko‘rinishi qanday/ Foto: Android Headlines

Ma’lum qilinishicha, Google Pixel 10 Pro XL oʻlchamlari 162,7 x 76,6 x 8,5 mm, ekran diagonali 6,8 dyuymni tashkil etadi. U hozirgi Pixel 9 Pro XL bilan deyarli bir xil hajmda boʻladi. Kelajakda model iPhone 17 Pro Max, Samsung Galaxy S26 Ultra, Xiaomi 16 Ultra va boshqa ishlab chiqaruvchilarning top modellari bilan raqobatlashadi. Smartfonning texnik xususiyatlari haqida boshqa hech narsa oshkor etilmagan.

Google Pixel 10 Pro XL smartfonining ko‘rinishi qanday/ Foto: Android Headlines

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Edge smartfoning narxi haqida yozgan edi.