O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 6,5 milliard yevrolik loyihalar amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
Yangi sanoat va innovatsiyaga doir
Foto: President.uz

Yelisey saroyida Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo hajmi ilk bor 1 mlrd yevrodan oshgani, qo‘shma korxonalar soni to‘rt barobar ko‘paygani qayd etildi. Tomonlar umumiy qiymati 6,5 mlrd yevrolik yangi sanoat va innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Gumanitar hamkorlik doirasida Toshkentda O‘zbekiston – Fransiya universiteti ochilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Parijda Savitskiy muzeyi to‘plamidagi avangard asarlar ko‘rgazmasi o‘tkazilishi, Samarqandda hududlararo forum tashkil etilishi belgilandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishloq xoʻjaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek