O‘zbekistonda «Asterium» kripto-do‘koniga rasmiy litsenziya berildi
eʼlon qilindi
Sohadagi provayderlar faoliyatini litsenziyalash tartibiga muvofiq

«Asterium” MChJ kripto-do‘kon sifatida faoliyat yuritish uchun rasmiy litsenziya oldi. Bu haqda ILMA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan kripto-aktivlar aylanishi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibiga muvofiq, «Asterium» MChJ rasmiy litsenziya oldi.
Bu O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan bog‘liq xizmatlarning huquqiy jihatdan tartibga solinayotganidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq City Pay Gate kompaniyasi kriptoaktivlar sohasida ikkita litsenziya olgan edi.