Yangiliklar

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

12-mart kuni soat 06:16 da
Zilzila, Toshkent
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi / Foto: Foto: vchalup2 /www.depositphotos.com

12-mart kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 06:16 da 2-3 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila episentri poytaxtdan 19 km shimoliy-g‘arbda, Toshkent tumanida joylashgan.

Shuningdek, bu zilzilani Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida yashovchi aholi ham sezgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 23-yanvar kuni Buxoroda zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgandi.