O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 14 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Fransiya – O‘zbekiston biznes forumida qayd etildi
Parijdagi forum
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi $1,1 milliardga yetdi/ Foto: ISSV matbuot xizmati

2024-yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi $1,1 milliardga yetdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Parij shahrida ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, idoralari rahbarlari hamda yuzga yaqin yetakchi kompaniyalari, moliya va biznes tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Fransiya – Oʻzbekiston biznes forumi boʻlib oʻtdi.

Forumda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida soʻzladi. 2024-yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1,1 milliardga yetdi, bu oldingi yilga nisbatan 14 foizga koʻpdir. Shu bilan birga, Oʻzbekistondan Fransiyaga eksport hajmi qariyb ikki baravar ortib, $800 millionni, import esa $330 millionni tashkil qilgani qayd etilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Fransiyaning 50 dan ortiq kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Ular orasida Orano, SUEZ, Veolia, Total Energies, Voltalia, EDF, Lactalis, Airbus, MND va boshqalar bor.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiya poytaxti Parij shahriga yetib borgani haqida yozgan edi.

Shuningdek