
Samsung va LG ishlab chiqarishni Meksikadan AQShga koʻchirishni rejalashtirmoqda. Bunga sabab import tovarlariga yangi Amerika tariflarining joriy etilishidir.
Bu tariflar nafaqat Meksika, balki ilgari ishlab chiqarish joylashgan Xitoy, Hindiston va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarga ham taalluqli.
Yo‘qotishlarning oldini olish va raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun kompaniyalar moslashish yo‘llarini izlamoqda hamda AQShga ko‘chib o‘tishni mantiqiy yechim sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Bunday qaror global ta’minot zanjirlarini qayta shakllantirishga yordam berishi, shu bilan birga, Amerikada minglab yangi ish o‘rinlari yaratib, iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp Ilon Maskni qoʻllab-quvvatlash uchun Tesla xarid qilgani haqida yozgan edi.